SARICHELAK QOʻRIQXONASI

SARICHELAK QOʻRIQXONASI — JanubiGʻarbiy Tyanshan, Qirgʻizistondagi qoʻrikxona. 1960-y. da togʻ yongʻoqzorlari va mevazor urmonlarni asrash maqsadida tashkil etilgan. 1978-y. dan biosfera qoʻriqxonasi. Mayd. 23,9 ming ga, shu jumladan, oʻrmonzorlar 7148 ga. Chatqol tizmasining shim. sharqiy qismida joylashgan. Quyi chegarasi dengiz sathidan 1200 m balaandlikdan oʻtadi, eng baland nuqtasi — 4247 m (Mustur togʻi). Eng yirik koʻli — mayd. 507 ga boʻlgan Sarichelak koʻli. Sarichelak qoʻriqxonasida 1000 dan ziyod oʻsimlik, shu jumladan, 150 daraxt va butalar turi bor. 2100 m balandlikkacha yongʻoqzor va olmazorlar uchraydi. 2100—3000 m balaandlikda subalp mintaqasi boʻlib, oqqaragʻay va qoraqaragʻay oʻrmonlari, undan yuqorida har xil oʻtboshoqli oʻtloklar bor. Hayvonlarning 40 dan ortiq, qushlarning 160 dan ortiqturi yashaydi. Hayvonlardan yovvoyi choʻchqa, yelik, togʻ echkisi, arxar, oq tirnoqli ayiq, boʻrsiq, jayra, sugʻur, qushlardan ular, kaklik, koʻk qush va b. bor. Baqor va kuzda koʻllarga suv parrandalari uchib keladi. Oldindan qorabaliq boʻlgan koʻl va daryolarida sazan hamda karp iqlimlashtirilgan. Togʻ oʻrmonlari va oʻtloqlarining ekotizimlarini ilmiy oʻrganish, yongʻoqzorlar va mevazorlarni tiklash ishlari olib boriladi.

Abdushukur Xonazarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x