SAMARQAND RUS DRAMA TEATRI

SAMARQAND RUS DRAMA TEATRI, A. P. Chexov nomidagi Samarqand rus drama teatri — Oʻzbekistondagi dastlabki rus teatrlaridan biri. Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlariga xizmat qilishga moʻljallangan. 1917-y. A. YurenyevLimontov rahbarligidagi «Samarqand rus teatr studiyasi» xalq teatriga aylantirilgan. Davlat teatri sifatida oʻz faoliyatini 1918-y. «Momaqaddiroq» (A. Ostrovskiy) spektakli bilan boshlagan. Truppa N. RubenskayaEmelyanova, F. Ranevskaya, V. Rjevskaya, A. KlavdinaTelegina, N. NagorniyGalikov, N. Moskvin, F. Gorkiy, A. Ribakov, A. NerashovaEjyova, A. Brailovskiy kabi maxsus teatr taʼlimotiga ega aktyorlardan tashkil topdi. A. YurenyevLimontov bosh rej. va direktor etib tayinlanadi. Tez orada teatr repertuaridan badiiy jihatdan ancha yetuk «Serdaromad joy» (A. Chexov), «Tubanlikda», (M. Gorkiy), «Qaroqchilar» (F. Shiller) kabi asarlar b-n bir qatorda shakllanib kelayotgan yosh dramaturglarning asarlaridan «Kirol sartaroshi» (A. Lunacharskiy), «Ikki dunyo» (Ye. Volniy), «Tong oldidan» (A. YurenyevLimontov) va b. spektakllar joy oldi. Teatr yil sayin oʻsib, rivojlanib bordi, uning tarkibi Garnizon teatri aktyorlari (M. BelinBelinovich, K. Shorshteyn va b.) bilan toʻldirildi. 1925-y. dan (Oʻzbekiston poytaxtining Samarqandga koʻchirilishi munosabati b-n) Oʻzbekiston xalq maorifi komissarligi krshidagi Respublika rus drama teatri deb yuritila boshlandi. Jamoa «Degayevning sotkinligi» (V. Shkvarkin), «Konstantin Teryoxin» (V. Kirshon) kabi pyesalarni muvaffakiyat bilan sahnalashtirdi.

1930-y. Respublika poytaxti yana Toshkentga koʻchirilib, teatr Samarqand viloyat teatriga aylantirildi. 1933-y. oʻzbek teatri b-n, 1935-y. Samarqand yosh tomoshabinlar teatri bilan birlashtirilib Samarqand viloyat birlashgan teatr nomini oldi. Rus truppasi Rossiyaning markaziy shaharlaridan taklif qilingan I. Shkvalov, Yu. Alyabyev kabi aktyor va rej. lar, M. Yesipov, V. Zotov, A. Patrashkin, keyinchalik A. Larin kabi rassomlar bilan toʻldirildi. Bu davrda teatr oʻziga xos repertuar yaratishga harakat qilib, «Darz» (B. Lavrenyov), «Lyubov Yarovaya» (K. Trenyov), «Aristokratlar» (N. Pogodin), «Tanya» (A. Arbuzov) va b. asarlarni sahnalashtirdi.

Ikkinchi jahon urushi yillari teatr jamoasi kishilar qahramonligi, vatanga muhabbat va sadoqat, front hayotini ifodalovchi «Batalyon Gʻarbga boradi» (G. Mdivani), «Hamshahar yigit» (K. Simonov), «Hayotbaxsh oʻlim» (Be. Vishnevskiy), «Front» (A. Korneychuk), «Hamla» (L. Leonov) kabi asarlarni sahnaga qoʻydi. 1944-y. jamoa oʻzbek truppasidan ajralib chikdi. Urushdan keyin teatrning ijodiy yoʻlini N. Martыnova, M. Lyubanskiy, V. Verovskaya, N. Balayev, Ye. Sokolova, Ye. Karelskaya kabi aktyorlarning isteʼdodi belgilab berdi. 50—60y. lar teatr repertuarida oʻzbek dramaturglarining asarlari salmoqli oʻrin egalladi: «Yurak sirlari» (B. Raxmonov), «Navbahor» (Uygʻun), «Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi» (Hamza), «Imon» (I. Sulton), «Lulini aldab bulmaydi» (R. Bobojon), «Yudduzlar jamoli» (S. Azimov), «Vatan ishqi» (Sh. Saʼdulla, 3. Fatxullin), «Mirzo Ulugbek» (M. Shayxzoda), «Qizbuloq» (T. Tula) va b. shular jumlasidan. 1957-y. Samarqand viloyatlararo rus drama teatriga aylantirildi. 1959-y. teatr krshida «drama studiyasi» tashkil qilinib, yosh aktyorlarning shakllanishi va ijodiy kamolotida muhim rol uynadi. 1964—87 y. lar teatrga A. Grinberg bosh rej. lik kiddi. Jamoa ijodiy izlanishlarda davom etib, repertuarni boyitib bordi. 1977-y. teatrga A. P. Chexov nomi berildi. 80y. lar teatrga oliy oʻquv yurtlarini tugatgan iktidorli rej. lar, izlanuvchan aktyorlar qabul qilindi, yangi rej. lik talqinlari paydo boʻldi. «Vodevil kechasi» (A. Chexov), «Sunggilar» (M. Gorkiy), «Quturgan pullar» (A. Ostrovskiy), «Ezop» (G. Figeyredu), «Zuldir» (A. Ibroximov), «Kiyomat karz», «Oʻz arizasiga koʻra» (Oʻ. Umarbekov), «Toshkentda tuman» (I. Tuxtayev) va b. asarlar kuyiddi.

Mustakillik yillarida teatr uz anʼanalarini davom ettirib milliy va jahon dramaturgiyasining sara namunalarini sahnalashtirdi. Teatrga yaqin ijodiy kuchlar qoʻshildi, iqtidorli ijodkorlar V. Basalayev, V. Shleykin, M. Xachaturov, S. Kapriyelov, S. Genkin, A. Tarasovlar bosh rej. lik qildilar. «Parijlik kelin», «Daogen» (V. Konstantinov), «Nasriddinning besh xotini» (I. Sodiqov), «Vir stakan suv» (A. Skrib), «Noraso» (D. Fonvizin), «Aybsiz aybdorlar» (A. Ostrovskiy), «Mariya Styuart» (F. Shiller), «Medeya» (Yevripid), «Ostona» (A. Dudarev), «Temir xotin» (Sh. Boshbekov), «Yolgʻonchining xotini» (J. Ennekyon), «Sevgi ketchupi» (M. Zadornov), «Koshkin uyi» (S. Marshak), «Yovvoyining sevgisi» (A. Kassone) kabi spektakllar soʻnggi yillar mahsulidir. S. Barasheva, A. Tarasov, S. Shamsutdinov, S. Ivargizov, R. Xairov va b. teatrning yetakchi aktyorlaridir. Bosh rej. — V. Brodyanskiy, bosh rassom — N. Sultonov (2004).

Eson Oʻrinov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x