SAMARQAND-ANDIJON TEMIR YOʻLI

SAMARQAND-ANDIJON TEMIR YOʻLI — chor Rossiyasi tomonidan 1880—1890-y. larda harbiy maqsadlarda qurilgan Zakaspiy harbiy temir yoʻli (Krasnovodsk—Jebel—Chorjoʻy — SamarqandToshkent va Andijon) ning davomi. Uz. 530 km. 1895—99 y. larda qurilgan. Dastlab harbiy, yaʼni Oʻrta Osiyoda Angliya taʼsirining oldini olish maqsadlarda qurilgan, keyinchalik siyosiyiqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega boʻldi. Zakaspiy t. y. Samarqandga yetkazilgach (1988), Chor Rossiyasi hukumati uni Fargʻona vodiysi va Toshkent tomon uzaytirishga qaror qiddi. 1895-y. 27-mayda S—A. t. y. ni va uning Toshkent va Yangi Margʻilon (hoz. Fargʻona sh.) ga olib boradigan tarmoqlarini qurishga kirishildi. Qurilishga 2 ta t. y. batalyoni hamda aholidan 13 ming ishchi jalb qilindi, ularga injener A. I. Ursati boshchilik kildi. Qurilish materiallarining aksariyati Andijon, Qoʻqon, Margʻilon va Toshkentdan, qolgan qismi Rossiyadan keltirildi va qurilish ishlari juda ogʻir sharoitlarda olib borildi. S—A. t. y., dastlab, Ursatyevskaya (hoz. Xovos)gacha, keyin 1898-y. da Andijongacha yetkazildi. 1899-y. Samarqand— Toshkent tarmogʻi qurib bitkazildi. 1899-y. apr oyidan bu yulda poyezdlar muntazam qatnay boshladi. Shu yili Zakaspiy t. y. Harbiy vazirlik ixtiyoridan olinib, Temir yoʻllar vazirligi ixtiyoriga oʻtkazildi. Hoz. davrda bu yoʻl «Oʻzbekiston temir yoʻllari» davlataksiyadorlik kompaniyasining boʻlimlariga qaraydi. Uning Samarqanddan Toshkentgacha boʻlgan qismi toʻla elektrlashtirilgan va elektropoyezdlar katnaydi. Ad.: Suvorov V. A., Istorikoekonomicheskiy ocherk razvitiya Turkestana (Po meterialam j. d. stroitelstva v 1880—1917 gg.). T., 1962.

Tohirjon Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x