SAMARQAND KIMYO ZAVODI

SAMARQAND KIMYO ZAVODIkimyo sanoatining yirik korxonalaridan biri. «Oʻzkimyosanoat» davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Ammofos, oddiy superfosfat, boyitilgan superfosfat va b. fosforli oʻgʻitlar, sulfat kislota ishlab chiqaradi. Samarqand sh. dan 12 km gʻarbda, Kimyogarlar shaxarchasida joylashgan. Dastlab «Samarqand superfosfat zavodi» nomi b-n korxona kurilishi 1950-y. da boshlangan. 1980-y. dan hozirgi nomda. 1954-y. da sulfat kislota sexi, 1955-y. da superfosfat sexi ishga tushirilgan. Oddiy superfosfat, ammoniylashgan superfosfat, texnikada qoʻllaniladigan sulfat kislota, texnik kislorod, roʻzgʻorbop kimyoviy mahsulotlar i. ch. oʻzlashtirilgan. 3d 1965-y. da rekonstruksiya qilinib, i. ch. quvvatlari 2-marta oshirildi. 1975-y. da yirik sulfat kislota sexi foydalanishga topshirildi, 1978-y. dan jahon tajribasida birinchi marta tarkibida 24,5% R2O5 boʻlgan past navli Qoratov (Qozogʻiston) fosforitini qayta ishlashga oʻtdi. 1979-y. da zdning 2navbati qurildi, yillik quvvati 450 ming t monogidrat boʻlgan sulfat kislota sexi, 136,4 ming t ekstraksion fosfor kislota ishlab chiqaradigan fosfor kislota sexi ishga tushirildi. Zdning ammofos i. ch. boʻyicha 3navbati 1982—84 y. larda qurilib, 3ekstraksion fosfor kislota sexi foydalanishga topshirildi. 1994-y. dan zdda ammoniy sulfat oʻgʻitini i. ch. oʻzlashtirildi. Korxonaning diammoniyfosfat oʻgʻiti boʻyicha yillik quvvatini 200 ming t ga yetkazish uchun qayta qurish ishlari olib borilmoqda. Yiliga 500 ming t sulfat kislota, ammofos va b. oʻgʻitlar i. ch. quvvatlariga ega (2003). Korxona mahalliy xom ashyo bazasida ishlashga oʻtkazilgan. Korxonada ishlab chiqarilgan oʻgʻitlar Xitoy, Eron, Turkmaniston va b. davlatlarga eksport qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x