SAMARADOR HARORAT

SAMARADOR HARORAT — oʻsimlik faol oʻsishi, rivojlanishi va hosilining shakllanishi uchun zarur boʻlgan havo yoki tuproq xarorati. Shu chegaradan past haroratda oʻsimlikning rivojlanishi, urugʻning unishi tuxtaydi, gullashi kechikadi. Koʻpgina oʻsimliklar uchun Sʼh. ning quyi chegarasi 5° atrofida, issiqsevarlari (makkajoʻxori, sorgo) uchun 8—10°, bir qator subtropik ekinlar (gʻoʻza, sholi) uchun 12° — 15° ga teng. Samarador harorat havoning oʻrtacha sutkalik harorati (faol harorat) bilan muayyan oʻsimlik uchun biol. minimum boʻlgan harorat ayirmasiga teng. Bu, oʻz navbatida, oʻsimlikning rivojlanishida har bir kunning hissasini aniqlashga teng imkon beradi. Mac, havoning oʻrtacha sutkalik harorati 22° boʻlsa, rivojlanishining biologik minimumi 10° ga teng boʻlgan ekin turi uchun Samarador harorat H 12° ni tashkil etadi, yaʼni shu kundagi oʻrtacha sutkalik haroratning 10° dan yuqori qismi ekinning oʻsishi va rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Agrometeorologiyada Samarador harorat h ekinlarning oʻsishi va rivojlanishi asosiy koʻrsatkichlaridan biri tarzida qabul qilingan. Samarador harorat yigʻindisi vegetatsiya davri yoki uning maʼlum qismi uchun kundalik haroratning 10° dan yuqorisini jamlash orqali topiladi. Chunonchi, gʻoʻza maysalari yoppasiga unib chiqishi uchun chigit ekilgan kundan boshlab 95 — 100° S. h. yigʻindisi zarur (tuprokda namlik yetarli boʻlgan sharoitda). Ekish — gullash davridagi Samarador harorat yigʻindisi 970° ga yetganda ertapishar oʻrta tolali gʻoʻza navlari, 1000° da oʻrtapishar navlari va 1100° da ingichka tolali paxta navlari gullaydi. Samarador harorat yigʻindisi koʻrsatkichidan hududning issiqlik resurslarini, yaʼni ekinni oʻstirish uchun issiqlik bilan taʼminlanganlik darajasini baholashda foydalaniladi. Issiklik bilan taʼminlanganlik vegetatsiya davridagi oʻrtacha koʻp yillik Samarador harorat yigʻindisini ekinning toʻliq rivojlanish sikli yoki uning ayrim fazalarining oʻtishi uchun zarur boʻlgan Samarador harorat yigʻindisiga nisbati b-n aniklanadi va % larda ifodalanadi. Oʻrtacha koʻp yillik Samarador harorat h yigʻindisi ekinning issiklik resurslari bilan taʼminlanganligining 50% ga, yaʼni 10 y. ning 5 y. ga teng keladi. Ekinning har yili issiqlik resurslari bilan (yaʼni 10 y. ning hammasida) taʼminlanganligi eng noqulay yildagi taʼminlanganlik darajasiga qarab topiladi. Oʻrta Osiyo sharoitlarida bu koʻrsatkich ekinning yetilishi (yoki rivojlanishning kerakli fazasiga yetishi) uchun talab qilinadigan oʻrtacha Samarador harorat H yigʻindisini 20% koʻpaytirib olingan qiymatiga mos keladi. Samarador harorat yigʻindisi, yaʼni issiklik b-n taʼminlanganlik koʻrsatkichlariga qarab muayyan hududlarda, mamlakatlarda ekin turlari va navlari yetishtiriladi. Samarador harorat yigʻindisi agrometeorologiyada, q. x. fenologiyasida (ekinlarning rivojlanishi va hosil yetilishining asosiy fazalari muddatlarini prognozlash) da, shuningdek, agroiqlimiy rayonlashtirishsa foydalaniladi (yana q. Faol harorat).

Olga Reyzvix.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x