SALLAGUL

SALLAGUL, pion (Paeonia) — sallaguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar, baʼzan chala buta va butalar turkumi, ekma gul. Yevropa, Yevrosiyo va Shim. Amerikada 40 ga yaqin, Oʻzbekistonda 2 turi maʼlum. Oʻtsimon xitoy yoki sutrang Sallagul (P. lactifl ora, P. chinensis), dorivor Sallagul (P. offi cinalis) va b. turlariga mansub juda koʻp navlari ekiladi. Ildizi kuchli rivojlangan, yoʻgʻon. Novdalari tik, 30—120 sm, koʻpincha shoxlanmagan. Bargi ketma-ket joylashgan, yashil yoki koʻkimtir, kuzda qizgʻish yoki toʻq binafsha rang. Guli yirik (diametri 20 sm gacha), yakka, oq, sargʻish, pushti, qizil, koʻp chiligi xushbuy. Asosan, avg. oxiri — sent. boshlarida ildizini bulish nuli bilan ekiladi. Yangi ekilgan usimlik ekilganidan keyin 2—3-yili may—iyunda gullaydi. Hovli va dala bogʻlarda oʻstiriladi. Butasimon turlaridan yarim buta S (P. suffruticosa) ekiladi, oʻtsimon Sallagul turlari ildizlariga payvandlash, parxish qilish, qalamchasi va urugʻidan koʻpaytiriladi. Apr. —iyunda gullaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x