SALJUQ

SALJUQ, Saljuqbek ibn Doʻkak (taxm. 9-a. oxiri —10-a. oxiri, Jand) — harbiy sarkarda, saljuqiylar sulolasi bobokaloni; oʻgʻuzlarnnt qiniq urugʻidan. Otasi amir Doʻkak (turkcha Toʻkak — temir oʻq) xazarlar xoqoni harbiy xizmatida boʻlgan.

Saljuq yoshligidan jasur sarkarda boʻlgan. Rashiduddinning yozishicha, Saljuqning 5 ta oʻgʻli: Isroil (Arslon yabgʻu), Mikoil, Muso yabgʻu, Yusuf va Yunus boʻlgan. S oʻgʻillari va oʻziga tobe urugʻdoshlari (jami 100 jangchi) bilan 1500 tuya, 50000 qoʻy va koʻplab otlarni olib, Jand atroflariga koʻchib oʻtgan (985) va chorvadorlik bilan shugʻullangan. 992-y. da Jand hukmdori bilan ittifoq tuzib, oʻz urugʻdoshlari bilan birgalikda islom dinini qabul qilgan va oʻgʻuz yabgʻulariga qarshi kurashgan. Chorvadorlar oʻrtasida islom dinini tarqatganligi uchun Saljuqqa «Malik alGʻoziy» unvoni berilgan. U Yangikent va Jand atroflarini Ali yabgʻu hukmronligidan xalos qilib, oʻz hokimiyatini oʻrnatgan.

Ibn alAsirning yozyshicha, Saljuq 107 (baʼzi manbalarda 100) yoshga kirib vafot etgan. Uning vafotidan soʻng oʻgʻillari: Mikoil, Muso, Arslon (Isroil) kabi amirlar boshchiligidagi saljuqiylar somoniylarning ijozati bilan Zarafshon vodiysidagi Nuri Buxoro (Nurota) atroflarida koʻchib yurganlar (10-a. oxirlari). Gardiziy (11-a.) oʻz asarida soʻnggi somoniy Muntasi/shing qoraxoniylaraan Nasr Ilekxonga qarshi olib borgan kurashiga 1003—04 y. larda saljuqiylar yordam berganligini taʼkidlaydi. Saljuq avlodlari — Mikoilning oʻgʻillari: Toʻgʻrulbek va Chagʻribek 11-a. 30y. larida saljuqlar — oʻgʻuzlarning harakatiga boshchilik qilib, Saljuqiylar davlatini tuzishgan.

Manba: Mahmud Koshgʻariy, Devonu lugʻotit turk, 1j., T., 1960; Sadriddin Ali alXusayni, Axbar addaulat asseldjukiyya (Zubdat attavorix), M., 1980; AbulFazl Bayxaki, Istoriya Maʻsuda (1030—1041), M., 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x