SAID AHMAD

SAID AHMAD, Saidiy (14-a. ning oxiri — Hirot — 15-a. ning 1-yarmi) — shoir. Temuriy shahzodalardan Mironshohning oʻgʻli, davlat idora ishlarida qatnashmagan. Turkiy va forsiyda sheʼrlar yozib, devon tartib bergan hamda noma janrida «Taashshuqnoma» («Oshiklar maktublari», Navoiy taʼbiricha, «Latofatnoma») dostonini yaratgan (1435—36). Dostonni amakisi Shohrux mirzoga bagʻishlagan. Asar Xorazmiy «Muhabbatnoma»si va Xoʻjandiy «Latofatnoma»siga tatabbu qilingan. Nazira qonuniyatlariga koʻra, asar tuzilishi, maktublar soni (10 ta) jihatidan ham yuqoridagi asarlarga oʻxshash; masnaviy maktublar gʻazal va b. lirik janrlar bilan qorishiq. Said Ahmad dostonida har bir gʻazalning maʼlum bir maqom bilan bogʻlanganligi va ikkinchi nomaning barcha misralarida tajnisli qofiya ishlatilganligi bilan Xorazmiy va Xoʻjandiy asarlaridan ajralib turadi. Maktublar turkiy tilda. Asar rangbarang poetik shakllarga boy. Doston oʻzbek adabiyoti tarixida noma janrining rivojlanish yoʻllarini, 15-a. oʻzbek adabiy tilini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Asarning yagona qoʻlyozma nusxasi Londondagi Britaniya muzeyida, fotonusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.

Ad.: Rustamov E., Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XI veka, M., 1973; Mallayev N., Oʻzbek adabiyoti tarixi. T., 1976; Navoiyning nigohi tushgan…, T., 1986.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x