SAIDJONOV

SAIDJONOV Oʻlmas (1951.10.1, Kitob tumani) — Oʻzbekiston xalq hofizi (1993). Qarshi davlat ped. intini (1974), Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari in-tini tugatgan (1981). 1994-y. dan Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1996-y. dan akademik va xalq badiiy jamoalar direksiyasi)ning direktori, ayni paytda, 1996—2001-y. lar «Oʻzbeknavo» birlashmasi direktori oʻrinbosari. Kuchli, yorqin va jozibali ovoz sohibi. Repertuaridan oʻzbek mumtoz ashulalari («Feruz», «Guluzorim», «Mustahzod», «Girya» va b.) va zamonaviy bastakorlar asarlari («Onajonim», «Furqat nidosi», «Temur bobom», «Bogʻi jahonnoma», «Beminnat», «Nigorim», «Surating» kabi) oʻrin olgan. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. «Sharqtaronalari» xalqaro musiqa festivali YUNESKOning maxsus mukofoti sovrindori. Saidjonov ijodiga bagʻishlangan telefilm («Oʻzbekiston xalq hofizi Ulmas Saidjonov kuylaydi») ishlangan (1996, Oʻzbekiston televideniyesi). «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x