SADR

SADR (arab. — qalb, koʻkrak) — 1) motam odati. Maxsus kuy (usul) bilan ijro etilgan. Aksariyat yigit, kelinchak, voyaga yetgan qiz vafot etganda 1 — 7 kunlari «qirqi»gacha dam-badam oʻtkazilgan. Unga taʼziya uchun ayollar katnashgan. Motamzadalar — marhumning yaqinlari oʻrtaga tushganlar va goh old-orqaga, goh ikki yonga sollanib taʼsirli iboralar aytib, marhumni eslaganlar. Mas, er vafot etganda marhumning xotini erining doʻppisini kiyib, belbogʻini bogʻlab, yelkasigi choponini tashlagan holda oʻrtaga tushgan. Motamzadalar har bir bayt yoki iborani aytganda davradagilar ikki yonga sollanib «Huv! Huv!» degan ovoz chiqarib turganlar. Yigʻi soʻzlarini goʻyanda, baʼzi joylarda marhumning yaqinlari aytgan. Sadr oxirida marxum xotirasiga fotiha oʻqilgan;

2) maʼlum doira usuli va unga mos cholgʻu kuylar nomi. «Shodiyona» kuylar turkumining 5-qismi ham Sadr deb ataladi. Maqomlar asosida yaratilgan Sadri Dugoh murakkab chapandoz doira usulida ijro etilib, Buzrukdagi Talqinchai Navroʻzi Sabo shoxobchasiga ohangdosh. Xorazmda mashhur dutor maqomlaridan biri esa Sadri Iroq deb ataladi;

3) Zikrning eng joʻshga kelgan holat; jazava (gir aylanish, sakrash) ham Sadr deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x