RUSE

RUSE — Bolgariyadagi shahar. Ruse okrugining maʼmuriy markazi. Aholisi 162,1 ming kishi (2001). Mamlakatning Dunay daryosi boʻyidagi yirik porti. Transport yoʻllari tuguni. T. y va avtomobil yoʻli koʻprigi orqali Ruminiyaning Jurju shahri bilan bogʻlangan. Mashinasozlik (xususan, ogʻir, q. x. mashinasozligi, elektrotexnika), kemasozlik, priborsozlik, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud. Mebel ishlab chiqariladi. Opera va drama teatrlari, tarix muzeyi, q. x. in-ti bor. Shaharga 1-a. da rimliklar asos solgan. 6-a. gacha harbiy markaz boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x