OFOQXOʻJA MAQBARASI

OFOQXOʻJA MAQBARASIQashqar (Xitoy)dagi meʼmoriy yodgorlik (1664). Maqbara shaharning shim.shar-qiy qismidagi Qoʻqon qishlogʻida «Shyangpeymu» (Iparxon mozori)da joylashgan. Otasi manjur istilochilariga qarshi chiqqanligi uchun Iparxon (Ofoqxoʻjaning evarasi) aka-ukalari b-n Pekinga olib ketilgan. Rivoyatlarga koʻra, goʻzal, yosh Iparxon begona el xoqoniga itoat qilmay bevaqt vafot etgan. Jasadi Pekindan olib kelinib, Ofoqxoʻja maqbarasiga dafn etilgan.

Maqbara bal. 27 m, goʻrxona (35×27 m) gumbaz tomli, bosh tarzining 4 burchagida 4 minoraguldasta (bal. 18 m) bor. Peshtogʻi devordan sal oldinga chiqarib qurilgan. Uning 2 yonini ustungoʻshalar bezagan. Ofoqxoʻja maqbarasi devorining qalinligi 1 m, 4 tomoniga darcha ishlangan. Maqbarada 5 avlod vakillaridan 72 kishi dafn qilingan. Ofoqxoʻja va uning buvasi Eshon Kalon, otasi Muhammad Yusuf va b. qabrlardagi sagʻanalar bir-biriga yaqin boʻlgan. Sagʻanalar hajmi har xil, unda dafn etilgan kishining martabasi ulugʻligiga qarab joylashtirilgan. Ofoqxoʻja maqbarasi tarkibida darvozaxona, atrofida bogʻ, hovlisida 2 hovuz, Madrasa, katta va kichik masjidlar mavjud. Ofoqxoʻja maqbarasi bir necha bor taʼmirlangan.

Abdulahad Xoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x