RUS-TURK URUSHLARI

RUS-TURK URUSHLARI (18—19-a. lar) — Rossiya bilan Turkiya oʻrtasida Qora dengiz va uning atrofidagi hududlarga egalik qilish uchun olib borilgan urushlar: 1) 1735 — 39 y. lardagi urush. Qora dengizga chiqish va qrimtatarlarning talonchilik yurishlariga chek qoʻyish uchun Rossiya (Avstriya bilan ittifoklikda) tomonidan olib borilgan. Rus qoʻshinlari Azov, Ochakov, Xotin, Yassini, 2-marta Qrimni egallagan. Belgrad sulh shartnomasi (1739)ga koʻra, Rossiya Azovni oʻziga qaytarib olgan; 2)1768 — 74 y. lardagi urush. Rossiya oʻz qoʻshinlarini Polshadan olib chiqib ketishni rad etgandan keyin Turkiya tomonidan boshlangan. Ruslar tomonidan Larga va Kagulda turk qoʻshinlari va Chesma jangida turk floti tormor etilgan, Qrim egallangan. Kuchuk—Qaynarja sulh shartnomasiga koʻra, Rossiya Jan. Ukrainaning Jan. Bug daryosigacha boʻlgan hududini va Qora dengizga erkin chiqish ququqini olgan; 3) 1787 — 91 y. lardagi urush. Turkiya tomonidan Qrim va b. hududlarni qaytarib olish maqsadida boshlangan. A. V. Suvorov qUmondonligidagi rus qushinlari Kinburn, Fokshana, Rimnik, Izmailda, F. F. Ushakov qoʻmondonligidagi rus floti Kaliakriyada gʻalaba qozongan. Yassi sulhi (1791)ga kura, Qrimning Rossiyaga qoʻshilishi tasdiklangan va rusturk chegarasi Dnestr daryosidan deb belgilangan; 4) 1806—12 y. lardagi urush. Shim. Qora dengiz buyi va Kavkazdagi sobiq mulklarni qaytarib olish va Bolkrnda Rossiya taʼsirining yoyilishi munosabati bilan Turkiya tomonidan boshlangan. Rus qoʻshinlarining gʻalabalari va MM. Kutuzovnyat diplomatik sanʼati Buxarest tinchlik shartnomasi (1812)ni imzolanishiga olib kelgan. Unga koʻra, Bessarabiyaning Rossiyaga qoʻshilganligi tasdiklangan; 5) 1828—29 y. lardagi urush. Gretsiya milliy ozodlik inqilobi (1821—29) tufayli Usmonli turk imperiyasida vujudga kelgan siyosiy inqiroz natijasida kelib chiqqan. Rus qoʻshinlari Zakavkazyeda Kare va Arzirumni egallagan, Bolgariyada turk qoʻshinlarini tormor etib, Konstantinopolga yaqinlashib kelgan. Adrianopol sulh shartnomasi (1829)ga koʻra, Kavkazning Qora dengiz sohillari (Batumidan tashqari), Axalsix rni Rossiyaga oʻtgan. Gretsiya mustaqillikka erishgan. Moldova, Valaxiya va Serbiyaga muxtoriyat huquqi berilgan.

6) 1877—78 y. lardagi urush. Bolkrnda milliy ozodlik harakatining kuchayishi va xalqaro munosabatlarning keskinlashuvi natijasida boshlangan. Asosiy voqealari: Shipkadagi jang, rus qoʻshinlari tomonidan Plevna va Kare (Zakavkazye)ning qamal qilinishi va egallanishi, 1878-y. qishida rus armiyasining Bolqon togʻlari orqali utib, ShipkaSheynovoda, Filippopolda gʻalaba qozonishi, Adrianopolning egallanishi. SanStefano sulxi (1878) bilan urush tugagan. Sulh qarorlari Berlin kongressi (1878)da qayta kurib chiqilgan. Unga koʻra, Ruminiya, Serbiya va Chernogoriya mustaqillikka erishgan. Bolgariya turk mustamlakasidan ozod boʻlgan. Jan. Ukraina, Bessarabiya, Qrim, Shim.

Gʻarbiy Kavkaz, Kavkazning Qora dengiz boʻylari, Jan. Gʻarbiy Gruziya va Turkiya Armanistonning shim. qismi Rossiyaga qoʻshib olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x