PETTI

PETTI (Petty) Uilyam (1623.26.5, Romsi sh., Xempshir — 1687.16.12, London) — ingliz klassik siyosiy iqtisodining asoschisi. Leyden, Parij va Oksford un-tlarida tibbiyotdan taʼlim olgan. U serqirra qobiliyatga ega boʻlib, 1647-y. da nusxa koʻpayti-radigan mashina ixtiro qilgan. 1649-y. da fizika dri ilmiy darajasini olgan, 1651-y. da mu-siqa va anatomiyadan prof. Petti yirik yer egasi edi. P. Angliyada 17-a. da boʻlib oʻtgan burjua in-qilobidan keyin oʻz hokimiyatini mus-tahkamlab olgan ingliz burjaziyasining nazariyotchisi sifatida tanildi. «Soliqlar va yigʻimlar haqidagi risola» (1662), «Soʻz donishmandlar-ga» (1665) «Irlandiyaning siyosiy ana-tomiyasi» (1672), «Pul haqida soʻz» (1682), «Siyosiy arifmetika» (1683) kabi asarlarida qiymatning mehnat nazariyasini asoslab berdi. Petti merkan-tilistlardan farkli ravishda, boylik manbai muomala sohasida emas, i. ch. da deb hisoblagan. Petti jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotini obyektiv krnunlarga bogʻliq deb qaraydi, lekin ij-timoiy va iqtisodiy krnunlar tabiat qonunlariga oʻxshash abadiy va uzgarmasdir, deb izohlaydi. Petti iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishda tabiatshunoslik fanlarining tadqiqot usullaridan foydalandi va uni statistik tahlil b-n toʻldirdi. Petti mehnatning qiymat nazariyasini birinchi boʻlib asoslab bergan.

Pettining «Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir» degan fikri butun dunyo iqtisodchilari tomonidan tan olinadi. Petti tovarlar qiymatini ularni i. ch. uchun sarflangan mehnat bilan aniqlash nuqtayi nazaridan qoʻshimcha qiymatnint kelib chiqishi muammosini hal etishga urindi. Uning fikriga kura, renta qoʻshimcha qiymatning umumiy shakli boʻlib, yer rentasi va pul rentasi (foiz) tar-zida namoyon boʻladi. Petti differensial yer rentasi muammosini iqtisodchi olimlar orasida birinchi boʻlib oʻrgandi, yerning bahosi toʻgʻrisidagi masala ham Petti tomonidan ilmiy ji-hatdan toʻgʻri qoʻyildi. Petti davlat statistika xizmati tuzish zarurligi masalasini koʻtardi va statistik maʼlumot toʻplashning ayrim yoʻnalishlarini belgilab berdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x