ROULINSON

ROULINSON (Rawlinson) Genri Kresvik (1810.11.4, Chadlington, Oksford — 1895.5.3, London) — ingliz sharqshunosi va diplomati, ossuriyashunoslikning asoschilaridan biri. 1827— 39 y. larda Britaniyaning Hindistondagi va keyinchalik Erondagi OstIndiya kompaniyasida zobit boʻlib xizmat qilgan. 1840—43 y. larda ingliz hukumatining Qandahor (Afgʻoniston)dagi maxsus vakili, soʻngra Bagʻdod, keyinchalik Tehronda konsul. Mesopotamiya (hoz. Iroq)dagi qad. shahar xarobalarida qazish ishlari olib borgan. 1878—81 y. larda Osiyo qirollik jamiyati, 1871—72 va 1874— 75 y. larda Geografiya qirollik jamiyati prezidenta. Qad. fors va OssuriyaBobil mixxatlarini oʻqishga hissa qoʻshgan. Behistun kitobalariik oʻqigan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x