DINOR

DINOR (lot. denarius — 10 dan iborat, 10 dan tuzilgan) — 1) Bahrayn pul birligi. 1965-y. okt. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 1000 fils. Xalqaro ifodasi BHD. Valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 0,377 Dinor ;

2) Bosniya va Gersegovina pul birligi. 1996-y. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 100 par. Xalqaro ifodasi BAD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 176,84 Dinor ;

3) Jazoir pul birligi. 1964-y. dek. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 100 sentim. Xalqaro ifodasi DZD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AKD1 dollari = 58,5 D. ;

4) Iordaniya pul birligi. 1950-y. iyuldan muomalaga kiritilgan. 1 D. =100 piastr. Xalqaro ifodasi JOD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 1,41 Dinor ;

5) Iroq pul birligi. 1932-y. apr. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 1000 fils. Xalqaro ifodasi 1QD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 1200 Dinor ; b) Liviya pul birligi. 1971-y. sent. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. =1000 dirham. Xalqaro ifodasi LYD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 0,379 Dinor ;

7) Sudan pul birligi. 1992-y. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 10 funt (funt = 100 qirsh). Xalqaro ifodasi SDD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 142 Dinor ;

8) Tunis pul birligi. 1958-y. dek. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 100 frank. Xalqaro ifodasi TND. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari =1,12 D;

9) Yugoslaviya pul birligi. 1994-y. yanv. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 100 par. Xalqaro ifodasi YUM. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 5,7 D. ; 10) Quvayt pul birligi. 1961-y. okt. da muomalaga kiritilgan. 1 D. = 1000 fils. Xalqaro ifodasi KWD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 0,3035 Dinor (1997); 11) Qadimda musulmon mamlakatlarining oltin tangasi ham Dinor deb yuritilgan. Sharqda 7-a. da birinchi bor zarb qilina boshlagan va 2,4 g oltindan iborat boʻlgan.

Akramjon Mirzaxolov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x