RIKARDO

RIKARDO (Ricardo) David (1772.19.4, London — 1822.11.9, Glostershir grafligi) — ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktab namoyandasi. Dastlab 1793—1812-y. larda tijorat ishlari bilan shugʻullanib katta boylik orttirdi, keyinchalik ilmiy faoliyat bilan shugʻullandi. 1819—23 y. larda Angliya parlamentining aʼzosi.

Rikardoning ilmiy ishlari ish haqi, foyda va renta masalalariga bagʻishlangan. Uning iqtisodiyot fanidagi tarixiy oʻrni, birinchi navbatda, kapitalizmning iqtisodiy munosabatlarini qiymatning mehnat nazariyasi nuqtayi nazaridan tadqiq etishni boshlab berganligidan iborat. Rikardo tovar qiymatining yagona manbai ishchining mehnati boʻlib, aholining daromadlari — ish haqi, foyda, foiz, rentalar shu tovar qiymatiga asoslanadi, deb qaradi. Rikardo «Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari» (1817) asarida ishchining ish haqi bilan sohibkorning foydasi oʻrtasidagi nisbatning teskari proporsionalligini asoslab, ishchi va kapitalist iqtisodiy manfaatlarining zid ekanligini koʻrsatadi. Rikardo shugʻullangan asosiy masalalardan biri — yaratilgan ijtimoiy mahsulotning asosiy 3 sinf — sanoatchilar (foyda), ishchilar (ish haqi), yer egalari (renta) oʻrtasidagi taqsimoti muammosi boʻlgan. Rikardo renta nazariyasini asoslab berdi. Rikardo nazariya va amaliyotda erkin savdo tarafdori boʻlgan. R. Angliyaning tashqi aloqalari uning iqtisodiyotida katta rol oʻynashini alohida oʻrgandi. U birinchilardan boʻlib ayrim tovarlarni i. ch. gina emas, balki mamlakatlar oʻrtasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning ahamiyati katta ekanligini koʻrsatdi, tashqi savdoda qiyosiy afzalliklar nazariyasini asoslab berdi.

As: Sochineniye, t 1—5, M., 1961.

Ad.: Razzoqov A., Toshmatov Sh ., Oʻrmonov N., Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x