OZUQA NORMASI

OZUQA NORMASIhayvonlar hayotini saqlash va mahsuldorligini oshirish uchun zarur ozuqa moddalarning kundalik mikdori. Chorvachilik mahsulotlarini koʻplab yetishtirish va yem-xashakdan oqilona foydalanish mollarga beriladigan yem-xashakning sifati va mikdoriga, hayvonlarning ozuqaga boʻlgan talabi hamda xoʻjalik sharoitiga bogʻliq. Mollarga ozuqa bel-gilangan norma asosida beriladi. Ozu-qaning normadan kami ham, koʻpi ham hayvonlarga salbiy taʼsir etadi. Amalda qoʻllanish uchun tavsiya qilingan hozirgi Ozuqa normasi hayvonlarning ozuqa moddalarga boʻlgan umumiy talabi asosida tuzilib, ozutsa birligi bilan ifodalana-di; shuningdek, hazm boʻladigan protein, kalsiy, fosfor, karotin, osh tuzi normalaridan tashqari 1985-y. dan boshlab hayvon turiga qarab — fer-mentlar, vitaminlar, uglevodlar, mikroelementlar kabi 30 ga yaqin turli biologik faol moddalar va qoʻshim-chalar koʻrsatiladi.

Yogʻliligi 4% 1 l sut hosil boʻlishi uchun taxm. 0,5 ozuqa birligi sarf boʻlinishi inobatga olib, sogʻin sigarlar uchun Ozuqa normasi hisoblab chiqiladi. Ozuqa normasi doimiy boʻlmay, sharoitga va ishlab chiqarish rejasiga qarab – qayta koʻrib chi-qiladi, lozim boʻlsa oʻzgartiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x