RELE

RELE (frans. relayer — almashtirmoq) — biror qurilma yoki jarayonning parametrlari qiymati yoki yoʻnalishi oʻzgarganda ijro etish mexanizmga taʼsir qiladigan avtomatik qurilma. Nazorat qilinadigan parametrlar (bosim, tra, kuchlanish va b.) ga qarab, akustik, vaqt, himoya, mexanik, optik, issiqlik, elektromagnit, oʻlchamlar Relesi va b. xillarga boʻlinadi.

Akustik Rele akustik parametrlar (chastota, bosim), tebranishlar yoki materiallarning akustik xarakteristikalar (yutilish yoki qaytarish koeffitsiyenti va b.) ni nazorat qiladi. Vaqt R. si avtomatik qurilma uzellari orasida yoki bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga taʼsirlar uzatishda zarur kechikish hosil qiladi. Asosan, sezuvchiqubul qiluvchi (boshqarish signali kelganda Releni ishga tushiruvchi), sekinlashtiruvchi va ijro etuvchi (boshqariladigan qurilma yoki sxemaga taʼsir etuvchi) qismlardan iborat. Sekinlashtirish usuliga qarab, vaqt Relesi elektr, magnit, mexanik, elektromexanik, termik, gidravlik va pnevmatik xillarga boʻlinadi. Himoya Relesi elektr uzatish liniyalari va elektr jihozlarini, sanoat va elektr qurilmalarini qisqa tutashuv va notoʻgʻri rejimdan saklash uchun qoʻllaniladi. Sezish organiga karab, tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik va chastota, himoya Relelari, Releni kayta ishga tushiradigan omilga koʻra, elektromagnit va induksion xillarga boʻlinadi. Mexanik Rele mexanik miqdorlar (siljish, tezlik va b.) yoki moddalarning mexanik parametrlari (zichligi va b.)ni nazorat qiladi. Asosan, turli mexanik datchiklardan iborat. Tuzilishiga koʻra, akustik, issiklik, optik, magnit, elektr, radioaktiv izotopli va b., ishga tushirish usuliga qarab, elektr, pnevmatik, gidravlik xillarga boʻlinadi.

Optik Rele (fotorele) optik miqdorlar (yorugʻlik oqimi va b.) oʻzgarishini nazorat qiladi. Mexanik, elektr va fotokimyoviy xillari bor. Odatda, optik miqdorlar datchiklaridan iborat.

Issiqlik R. si tra, issiqlik oqimi va b. ni nazorat kiladi. Mexanik, elektr, optik va akustik xillari bor. Mexanik issiklik Relesi issiqlik taʼsirida elementlarning chizikli yoki hajmiy kengayishiga, moddalarning qattiq holatdan suyuq holatga yoki suyuq holatdan gaz holatiga oʻtishiga, gazlarning zichligi yoki qovushokligi oʻzgarishiga asoslangan. Elektr Relesi t-ra oʻzgarganda oʻtkazgich yoki yarimoʻtkazgich materiallarning solishtirma qarshiligi oʻzgarishiga, dielektrik doimiysi, magnit oʻtkazuvchanligi yoki issiklik e. yu. k. oʻzgarishiga asoslangan.

Elektromagnit Rele elektr toki oʻzgarishini sezadi. Sezgir organi — chulgʻam va qoʻzgʻaluvchi qism (yakor va oʻzak) li magnit tizim, ijrochi organi — kontakt. Chulgʻamidan oʻtayotgan tok kuchi oʻzgarganda yakor yoki oʻzagining tortilishi hisobiga kontaktlari ulanadi yoki uziladi. Bunday Rele, Mas, sovitkichlarda ishlatiladi.

Oʻlchamlar Relesi — detallar oʻlchamlarining belgilangan qiymatini nazorat kiladi. Asosan, qoʻzgʻaluvchan va qoʻzgʻalmas kontaktlardan iborat. Detalning oʻlchami oʻzgarsa, kontaktlar tutashib yoki ajralib, signal beruvchi elektr zanjirini ulaydi yoki uzadi.

Rele energetika, aloka, signalizatsiya, telemexanika va avtomatikada keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x