REKAPITULYATSIYA

REKAPITULYATSIYA (lot. recapitulatio) (biologiyada) — embriogenezda organizmning voyaga yetgan ajdodlari belgilarining takrorlanishi. Yuksak organizmlar embrionining birmuncha tuban tuzilgan guruhlar voyaga yetgan davriga oʻxshashligini ilk bor nemis biologi I. Mekkel (1811) aniqlagan. Mac, yuksak umurtqalilar ontogenezida bosh buyrak (pronefros)ni avval tana buyrak (mezonefros), soʻngra chanoq buyrak bilan almashinishi ular ajdodlarida ayirish sistemasining rivojlanishi davrlarini; paporotniklarda dastlabki barglarning dixotomik shoxlanishi ular ajdodlari — paleozoy davridagi riniofitlar uchun xos boʻlgan poyaning dixotomik shoxlanishini takrorlaydi. Biogenetik qonunda (E. Gekkel, 1866) Rekapitulyatsiyaga ontogenezning evolyutsion tarkib topishi natijasi sifatida karaladi, yaʼni tarixiy rivojlanish davomida organizmlarning oʻzgarib borishi tufayli ajdodlarga xos boʻlgan tuzilish belgilari ularning embrioniga oʻtgan va avlodlarning individual rivojlanishda embrional belgilar sifatida takrorlangan. Rus olimi A. N. Seversov R. ni butun bir organizm uchun emas, balki ayrim organlar uchun xos ekanligini koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x