Ravshan Komilov — Ozodani sevaman men

Yoshligimdan sevaman men Ozodani,
Suluvlarning sardori – xonzodani.
Yo’latmasman yoniga shabbodani,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

Ko’rganmanu ko’rganim ertasidan,
Yuragim qoq bo’lingan o’rtasidan.
Har kuni bir o’taman ko’chasidan,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

Har kuni bir o’taman ko’chasidan-ey,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

O’taman-da, o’tmasam, bo’lmaydi hech,
O’tmay desam, ko’ngil qurg’ur to’lmaydi hech.
Ko’zim toyib ketaverar – bo’lmaydi hech,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

Ko’zim toyib ketaverar – bo’lmaydi hech,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

Yigit qirqda qirchillab, g’arq pishadi,
Erta-indin sochimga oq tushadi.
Chin oshiqlar qirq yilda topishadi-ey,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

Chin oshiqlar qirq yilda topishadi-ey,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

Sevgan edim, hamon u suyukli yor,
Bilagida barmog’imning bir izi bor.
Ozodaning bir o’g’il, bir qizi bor-ey,
Men baribir sevaman Ozodani.

Ozodaning bir o’g’il, bir qizi bor-ey,
Men baribir sevaman Ozodani.

Yoshligimdan sevaman men Ozodani,
Suluvlarning sardori – xonzodani.
Yo’latmasman yoniga shabbodani,
Ozodani sevaman men, Ozodani. {x2}

Men baribir sevaman Ozodani…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x