Onlayn homiladorlik testi: Men homiladormanmi?

Homiladorlik testlari (tayoqchali, onlayn homiladorlik testi) homiladorlikni aniqlash uchun eng oson va oddiy usul sifatida homilador ayollar ichida ancha mashhurdir. Bulardan eng keng qo’llaniladigani tayoqcha shaklidagi oddiy homiladorlikni aniqlash testidir. Tayoqchali testlarni barcha dorixonalardan topish hamda yo’riqnomaga muvofiq osongina foydalanish mumkin.

Tayoqchali testlardan agar hayz sikli ayolda doimiy ravishda bir xil bo‘lsa, unda testni hayz kechikgan kunida o‘tkazsa bo‘ladi. Yaʼni, hayz 27-aprel kuni boshlanishi kerak bo‘lib, lekin kelmasa, 28-29 aprel kunlari testni o‘tkazish mumkin. Bu holatda test natijasi salbiy (homiladorlik mavjud emas) bo‘lib chiqsa, biroq ayol o’zida homiladorlik belgilarini sezsa, bir necha kun kutishi kerak. Va hayz kelavermasa, bir necha kundan so‘ng testni takroran o‘tkazsa bo‘ladi.

Hozirda tayoqchali testni birinchi marta yoki takroran o’tkazishgacha bo’lgan muddatda ayollar o’rtasida homiladorlikni aniqlash uchun so’rovnomaga asosilangan onlayn testlarga murojaatlar soni ham ortib bormoqda. Ushbu holatni inobatga olib, onlayn homiladorlik testini yaratishga harakat qildik.

Homiladorlik boshlanishining dastlabki kunlarida ayollar oʻzlarida turli oʻzgarishlarni payqashlari mumkin. Masalan, hayzning muntazam takrorlanib turuvchi muddatidan kechikishi, sohadagi noqulay, yengil ogʻriqlar, koʻkraklarda yumshoqlik hamda sezgirligining oshganligini, koʻngli aynishi, qayt qilish, holsizlik va uyquchanlik kabi belgilarni sezishlari mumkin. Aynan shu kabi belgilar mavjud yoki yoʻqligiga asoslangan holda onlayn homiladorlik testi ishlaydi.

Onlayn homiladorlik testi odatdagi, oddiygina savol-javob shaklidagi soʻrovnoma boʻlib, homiladorlik testini oʻtqazishgacha boʻlgan davrda homiladorlik mavjud yoki yo’qligini taxminiy holda aniqlash uchun foydalaniladi. Shuni yodda tutishingiz kerakki, onlayn homiladorlik testi oddiy soʻrovnomaga asoslanganligi uchun natijaning toʻgʻrililik darajasi yuqori emas. Shuning uchun, albatta test natijasi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar oddiy homiladorlik testini oʻtkazing.

Test shakli yuklanishi uchun biroz kuting. Agar yuklanmasa, sahifani yangilang.

Diqqat, yuqoridagi viktorina tibbiy maslahat yoki dalil oʻrnini bosmaydi. U faqat maʼlumot berish uchun moʻljallangan. Iltimos, oʻzingizni homilador hisoblansangiz, albatta oddiy homiladorlik testini oʻtkazib, shifokor qabuliga boring.

Onlayn test natijasi ijobiy yoki salbiy bo’lishidan qat’iy nazar, albatta uy sharoitida oddiy homiladorlik testini o’tkazishingiz, hamda natijani aniqlab olishingiz maqsadga muvofiqdir.

Homiladorlik testini o’tkazish to’g’risida ushbu maqola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin: Homiladorlik testi qanday o‘tkaziladi?

Tegishli sahifalalar:

Ginekologiya » Onlayn homiladorlik testi: Men homiladormanmi?

3.7 29 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x