RASPUTIN Valentin Grigoryevich

RASPUTIN Valentin Grigoryevich (1937.15.3, Irkutsk viloyati UstUda qishlogʻi) — rus yozuvchisi. Irkutsk un-tining tarixfilol. f-tini tugatgan (1959). Dastlabki hikoyalar toʻplami — «Leshkadan soʻrashni unitibman» (1961). «Narigi dunyoning odami» (1965), «Ayiq terisi sotiladi», «Osmonga yaqin oʻlka», «Yangi shaharlardagi gulxanlar» (1966), «Vasiliy va Vasilisa» (1967) singari hikoya va ocherklar toʻplamlari muallifi. «Mariya uchun pullar» (1967), «Soʻnggi muddat» (1970), ayniqsa, «Yasha va yodda tut» (1974) qissalari rus adabiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan. U ijodining dastlabki davrida taygada yashovchi kishilarga xos romantikani tasvirlashga, ular irodasini va tabiat bilan uygʻunligini koʻrsatishga koʻproq moyil boʻlgan boʻlsa, keyinchalik kuchli kishilar xarakterini yaratish, ularning murakkab ruhiy olamini, ular bilan jamiyat oʻrtasidagi ziddiyatlarni ochish, ularning jamiyat va tabiat b-n kurashdagi matonatini koʻrsatishga intilgan. Rasputinning «Matyora bilan vidolashuv» (1976) va «Yongʻin» (1985) asarlari yangi rus nasri taraqqiyotida muhim voqea boʻldi. Rasputinning soʻnggi asarlari oʻzbek tiliga tarjima etilgan.

As: Izbrannыye proizvedeniya, t. 1—2, M., 1984-85.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x