RASIN

RASIN Jan (1639.21.12, FerteMilon — 1699.21.4, Parij) — fransuz dramaturgi, klassitsizmning yirik vakili. Rasin asosan, maishiy mavzuda psixologik tragediyalar yaratgan, asosiy person ajl ari qirol, gersog, graf va goʻzal xonimlar boʻlishiga qaramay, bu asarlarda 17-a. dagi siyosiygʻoyaviy qarashlar ifodalangan.

Rasin «Buyuk Iskandar» (1665), «Axdromaxa» (1667), «Britannik» (1669), «Berenika» (1670), «Boyazid» (1672), «Ifigeniya Avlidada» (1674), «Fedra» (1677), «Gofoliya» (1691) va b. tragediyalar yozgan. «Andromaxa» bilan fransuz teatri tarixida yangi saxifa ochilgan. Tragediyaning mazmuni yunon miflaridan olingan boʻlib, Rasin antik mazmunga yangicha maʼno bergan. Ishqiy hayajonlar zaminida axloqiy muammoni ilgari surgan. Markaziy figura Andromaxa Rasinning gumanistik ilgʻor gʻoyalarini tashuvchi, zolimlikni fosh etuvchi obraz sifatida gavdalangan. Unga zolim Pirr qaramaqarshi qoʻyilgan. «Gafoliya» asarida xalqning zolimlarga qarshi qoʻzgʻoloni voqeasi yoritilgan. Rasin ijodining soʻnggi davrida «Diniy qoʻshiqlar» sheʼriy toʻplami (1694) va «PorRoyalning qisqa tarixi» asarlarini yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x