RANGONTOGʻ

RANGONTOGʻTojikiston Respublikasining jan. gʻarbidagi togʻ tizmasi. Qorategin va Oqtogʻ tizmalari orasida joylashgan. Rasht (Qorategin) vodiysi va Yovon vohalarini bir-biridan ajratib turadi. Rangontogʻ jan. gʻarbdan shim. sharqqa 70 km masofaga kamon shaklida choʻzilgan. Eng baland joyi 1895 m (XoʻjaZarang). Asosan, gil, qumtosh, ohaktoshlardan tarkib topgan. Rangontogʻdan Yovonsuv, Tersoqarsuv, Qaramandisuv va Shoʻrtansuv kabi sersuv soylar oqib tushadi. Tizmaning sharqiy qismida Zardoli dovoni (bal. 1610 m) joylashgan boʻlib, dovondan Dushanba — Yovon, Dushanba — Norak, Dushanba — Koʻlob magistral yoʻllar oʻtadi. Rangontogʻ etaklarida asosan, oʻzbek millatining laqay elati vakillari istiqomat qiladi. 1920—31 y. larda, bolsheviklar bosqini davrida Rangontogʻ tizmasi Ibrohimbek va uning qurolli guruhi uchun muhim strategik hudud hisoblangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x