RAKETA

RAKETA (ital. rocchetta — pirpirak) — maxsus raketa yonilgʻisi (ish jismi) yonganda paydo boʻladigan kuch taʼsirida sarakatlanadigan uchuvchi apparat. Raketa yonilgʻisi turiga koʻra, qattiq yoqilgili va suyuq yonilgʻili xillarga boʻlinadi. Boshqariladigan va boshqarilmaydigan xillari bor. Boshqariladigani uchib ketayotganda oʻz yoʻnalishini (trayektoriyasini) oʻzgartirishi mumkin. Bir bosqichli va koʻp bosqichli Raketalar bor. Koʻp bosqichli Raketa zaxira yonilgʻi solingan bulma, dvigatel qurilmasi, yonilgʻi berish tizimi, boshqarish organlari, apparatlari va b. dan iborat. U raketaning maʼlum bosqichda uchishini taʼminlaydi. Yonilgʻi zahirasi tugagach, birinchi bosqich Raketaning uchishda davom etadigan boshqa bosqichlaridan ajraladi. Raketaning boshlangʻich (start) massasi bir necha ming tonnagacha boʻlishi mumkin. Raketa harbiy ishda va kosmonavtikada qoʻllanadi. Raketa maxsus uchirish qurilmalaridan uchiriladi. Raketa harbiy maqsadlarda, kosmosda, i. t. ishlarida, xoʻjalik ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Kosmik Raketa larning yaratilishi rus olimlari K. E. Siolkovskiy, N. I. Kibalchich, FL. Sander, V. P. Ptushko, S. P. Korolyov, chet el olimlari R. Goddard, G. Obert va b. nomi bilan bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x