RAHMETOV Sobir Gʻafurovich

RAHMETOV Sobir Gʻafurovich (1952.19.12, Chimkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston BA akad. (2003), Oʻzbekiston xalq rassomi 2000). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1973) va SanktPeterburgdagi Repin nomidagi rangtasvir, haykaltaroshlik va meʼmorlik inti (1979) ni tugatgan. 1979-y. dan Uygʻur nomidagi Toshkent sanʼat in-ti rangtasvir kafedrasida pedagog, 2003-y. dan dotsent. R. ijodida yorqin boʻyoqlarni keng qoʻllaydi; asar qahramonlari, manzaralar harakat jarayonida koʻtarinki ruhda aniq va nozik tasvirlanadi; ayniqsa, manzara inson maʼnaviyati, uning ziddiyatlarga toʻla qalb kechinmalarini taʼsirchan ifodalashning oʻziga xos vositasiga aylanadi. «Shoir Gʻafur Gʻulom» (1986), «Haykaltarosh Azamat» (1987), «Bastakor Yunus Rajabiy» (1996), «Sulton Ahmad Mirzo» (2000), «Avtoportret» kabi portretlar, «Layli va Majnun» (1998), «Boysun» (1999), «Alpomish» (2002), «Xumson» (2002) va b. tarixiy va mavzuli kompozitsiyalar muallifi.

Rahmetov respublika va xalqaro koʻrgazmalar ishtirokchisi, asarlari respublika va Angliya, AQSH, Yaponiya, Turkiya, Germaniya kabi xorijiy mamlakatlar muzeylarida, xususiy toʻplamlarda saqlanadi.

Ad.: Sobir Rahmetov (Katalog), T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x