RADUN Iosif Veniaminovich

RADUN Iosif Veniaminovich (1911.31.7, Melitopol sh. — 1988) rej., pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). Moskva teatr sanʼati in-tini tugatgan (1939). Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida bosh rej. (1947—48), ayni vaqtda Rus akademik drama teatrida (1945—46) rej. 1945-y. dan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida kafedra mudiri, dotsent (1948-y. dan). Oʻzbekiston teatrlarida koʻpgina spektakllar [«Vanya togʻa» (A. Chexov), «Shoh Edip» (Sofokl), «Revizor» (N. Gogol), «Otello» (U. Shekspir), «Qoʻzibuloq qishlogʻi» (Lope de Vega), «Uch baxrdir» (T. Sobirov), «Kimga toʻy, kimga aza» (N. Safarov), «Zarafshon qizi» (D. Fayziy) va b. ] sahnalashtirib, oʻzbek teatri sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x