RADIOKARNAY

RADIOKARNAY, reproduktor nutq, muzika va b. tovushlarni balandlatib eshittiradigan elektroakustik yoki mexanik qurilma. Tovush chastotali elektr toki yoki kuchlanishni mexanik vosita (diffuzor, diafragma va b.) yordamida tovush tebranishlariga aylantirib beradi. Radiokarnayning elektrodinamik, ruporli, pyezoelektr, kondensatorli, elektromagnitli va pnevmatik xillari bor. Radioeshittirish tarmoklari, tovush kuchaytirish tizimlari va b. sohalarda elektrodinamik Radiokarnay (nominal quvvati 0,1 — 100 va chastotalar polosasi 50—12000 gs), bir nechta diffuzorli Radiokarnaydan iborat tovush karnaylari (nominal quvvati — 100 va gacha, chastotalar polosasi —100 — 800 gs), elektrodinamik va ruporli Radiokarnaydan iborat (nominal quvvati 100 va gacha) agregatlar keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x