ORTIKON

ORTIKON (yun. orthos — toʻgʻri va ekion — tasvir) — yorugʻlik signallarini elektr impulslariga aylantirib be-radigan uzatuvchi televizion trubka. Amerika muhandislari A. Roz va X. Yams taklif qilishgan (1939). Uzatilayotgan tasvir Ortikon nishoniga, yaʼni — obyekt tomondan yarim shaffof elektr oʻtkazuvchi qatlam (signal plastinka) b-n, elektron projektor tomondan mayda donachali fotoaktiv qatlam (mozaik fotokatod) b-n qoplangan yupqa shisha plastinkaga proyeksiyalanadi. Hosil boʻlgan yorugʻlik signali plastinka zanjirida videosignalga aylanadi. Ortikon yori-tilganlik yetarli boʻlmagan sharoitda tasvirlarni televideniye orqali uza-tishda ishlatiladi. Ancha takomillashgan Ortikon superortikon deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x