QUYTOSH VOLFRAM-MOLIBDEN KONI

QUYTOSH VOLFRAM-MOLIBDEN KONIJizzax viloyatining Gʻallaorol tumaniyaagi kon. Jizzax sh. dan 45 km shim.-sharqda, Nurota togʻlarida joylashgan. Asosan, ter-rigen, kamroq karbonat jinslardan tarkib topgan. Konning markaziy qismini granitoid tarkibli Qoʻytosh intruzivi yorib chiqqan. Asosiy ruda qamrovchi jinslar kontaktli metamor-fizmda rivojlangan skarn va rogoviklardir. Skarn-rudali jismlar kontaktli, qatlamlararo va kesishgan morfologik tipdan tashkil topgan. Skarn-rudali jismlarning qalinligi 0,5—20 m (oʻrtacha 1 — 1,5 m), yoʻnalish boʻyicha uz. 50—300 m gacha, volframning uch oksidi 0,4—0,65%. Yoʻl-yoʻlakay uchraydigan komponentlardan mis (0,077%) va molibden (0,011%) mavjud. Skarnrudali jis-mlarning mineral tarkibi gedenber-gitli, vollastonit bilan birga gros-sulyar-gedenbergitli. Boshqa minerallardan koʻproq uchraydiganlari kvars, andezin, amfibol, kalsit va ulardan tashqari sheyelit, molibdenit, pirrotin, pirit va b. Rudaning asosiy komponentlari volfram, molibden, mis va vismut. Turli bloklarda volfram 0,25 dan 0,4% gacha, molibden 0,023%, mis 0,077%. Sul-fidlarda vismut (0,5—1%), talliy (1,25 g/t), selen va tellur konsentratsiyada boʻladi. Hoz. vaktda konning asosiy zaxiralari oʻzlashtirilib boʻlingan. va 1998-y. dan foydalanilmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x