QUVASOYSEMENT AKSIYADORLIK JAMIYATI

«QUVASOYSEMENT» AKSIYADORLIK JAMIYATIqurilish materiallari sanoati korxonasi. «Oʻzqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibiga kiradi. Fargʻona viloyati Quvasoy sh. da. Qurilish va sanoat industriyasida ishlatiladigan sulfatga chidamli M-400E0, M-400Sh0, M-500 portlandsementi, tamponaj portlandsementi, mineral qoʻshimchali suvbardosh portlandsement, oltin qazib olish sanoatida ishlatiladigan yanchilgan ohak, keramika cherepitsalari, olovbardosh gʻisht, shifer, qurilish gipsi va b. qurilish materiallari ishlab chiqaradi. 1927-y. da sement z-di sifatida qurila boshlanib, 1932-y. 1 fev. da ishga tushirilgan. 3-d ishga tushgan yili 43 ming t sement ishlab chiqarilgan. 1956—61 y. larda korxona rekonstruksiya qilindi. 1959-y. i sement ishlab chiqaradigan va aylanma pechi uz. 150 m boʻlgan 2 ta yangi texnologik liniya qurilib, ishga tushirildi. 1958-y. da ohak z-di, shifer korxonasi bilan birlashtirilib Quvasoy sement k-tiga aylantirildi. 1974—76 y. larda eski shifer qoliplash mashinalari oʻrniga yangi avtomatik liniyalar oʻrnatildi.1995-y. avg. dan aksiya-dorlik jamiyati. 1996 — 2001-y. larda korxona sexlarida zamonaviy texnologiyalar oʻrnatildi. Klinkerni kuydirishning jami jarayonlari kompyuterlar orqali nazorat qilinadi va boshqariladi.

Lagan ohaktosh koni oʻzlashtirildi. 1998-y. da ishlangan rudalardan oltin ajratib oladigan «Zarafshon-Nyumont» Oʻzbekiston-Amerika koʻshma korxonasi ehtiyojlari uchun hamda Respublika issiklik elektr markazlarida suvning qattiqligini yoʻqotadigan tuyilgan ohak i. ch. texnologiyasi ishlab chiqildi va joriy etildi. Mahsulotlari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻonistonga eksport qilinadi. Mahsulotlari jahon standartlari darajasida boʻlgani uchun Madrid (1994), Jeneva (1999), Frankfurtmayn (2004) koʻrik tanlovlarida «Sifat uchun oltin yulduz» bilan mukofotlangan. 2004-y. korxonada 860,7 ming t turli markadagi sement, 28,7 ming t ohak, 4552 t maydalangan ohak, 7083 t qurilish gipsi, 150,2 ming dona shartli shifer taxtalari va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Shuhrat Tojiboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x