LAUREAT

LAUREAT [lot. laureatus — boshiga dafna (lavr) gulchambari kiygizilgan] — davlat mukofoti yoki xalqaro mukofotga sazovor boʻlgan shaxs, shuningdek, tanlovlar (asosan, badiiy tanlovlar) gʻolibi. «Laureat» atamasi Yunonistonda paydo boʻlgan. U yerda biror musobaqa gʻoliblari «gʻalaba toji» sifatida dafna daraxti yaproqlaridan qilingan faxriy gulchambar bilan taqdirlangan. Bunday odat keyinchalik Qad. Rimda ham tarqalgan. Gʻoliblarni dafna gulchambarlari bilan takdirlash hozirga qadar saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x