QUTBSHOHLAR

QUTBSHOHLAR — oʻrta asrlarda Hindistondagi Golkonda sultonligini idora etgan sulola (1512—1687). Bahmaniylar davlati tanazzulga uchrashi natijasida vujudga kelgan. 1512-y. Telinganadagi bahmaniy noib turkiy qavmdan boʻlgan Quli Qutbshoh oʻzini mustaqil hukmdor — sulton deb eʼlon qilgan. Uning vorislari qoʻshni davlatlar — Bijaypur, Vijayanagar, Boburiylar davlati bilan urushlar olib borishgan. 1636-y. Abdulla Qutbshoh oʻzini Shoh Jahonksht vassali deb hisoblagan. 1687-y. Avrangzeb bilan urush natijasida Qutbshohlar oʻz mulklaridan ajralganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x