KOLLEKTOR

KOLLEKTOR (lot. collector — yigʻgich) — 1) elektr tok chastotasini mexaniq oʻzgartirgich; elektr mashina rotori (yaqori) bilan konstruktiv birlashtirilgan. Bir-biridan va rotor korpusidan elektr jihatdan izolyatsiyalangan tok oʻtkazuvchi plastinkalardan iborat. Har qaysi plastina yakor chulgʻamining bir yoki bir necha oʻramlariga ulanadi. Rotor aylanganda Kollektor plastinalari sirtida kontakt choʻtkalari birin-ketin sirpanib, chulgʻamni tashki elektr zanjiriga ulaydi;

2) tashqi elektr zanjiri bilan asbobning kollektorli zonasini bogʻlaydigan tranzistor elektrodi (tranzistor Kollektor);

3) kanalizatsiya tarmogʻinit kanalizatsiya hovoʻzlaridan oqova suvlarini yigʻadigan qismi (quvur, hovoʻz). Kollektor yigʻma elementlar (beton, temir-beton va keramik bloklar) dan quriladi;

4) aloqa kabeli (kabel K.) yoki vodoprovod, gaz va b. quvurlar yotqiziladigan (umumiy Kollektor) yer osti galereyasi;

5) baʼzi texnik qurilmalarning nomi (mas, ichki yonuv dvigateli chiqarish Kollektori);

6) biror narsani yigʻuvchi va tarqatuvchi tashkilot yoki shaxs (mas, kutubxona K. i).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x