QURTXONA

QURTXONAtut ipak qurti boqiladigan bino yoki xona. Kapital, yarim kapital va yengil tipdagi Qurtxona larga boʻlinadi. Kapital q. gʻishtdan, oynali qilib qurilib, poli loy va qum bilan suvaladi; isitish qurilmalari oʻrnatiladi. Yarim kapital Qurtxona karkas tipdagi uylardan iborat, xom gʻisht, paxsa devorli boʻlib, kichik va katta yoshdagi qurtlar boqiladi. Yengil tipdagi Qurtxona karkasli, qamish, fanera, brezent, polietilen va b. yengil materiallar bilan yopiladi, katta yoshdagi qurtlarga moʻljallangan boʻladi.

Har bir Qurtxonada 3, 5, 10, 15, 25 quti qurt boqiladi. Qurtxona yer osti suvi chuqur, katta yoʻldan uzoq (shovqini kam), tut plantatsiyalariga yaqin yerga quriladi. Qurtxona koʻp xonali boʻlib, kichik (1-, 2-, 3-) va katta (4-, 5-) yoshdagi qurtlar boqiladigan, yetilgan pilla saralanadigan, barg tayyorlanadigan boʻlinmalar, barg vaqtincha saqlanadigan 1 — 1,5 m chuqurlikda betonlangan yertoʻla tipidagi xonalari ham boʻladi. Qurtxonalar zarur anjomlar (soʻkchaklar, ventilya-tor, pechka va b.) bilan jihozlanadi. Qurt boqishdan oldin Qurtxona tozalanadi, dezinfeksiyalanadi, shamollatiladi. Ayrim joylarda Qurtxona sifatida xoʻjaliklarning jamoat binolari (ombor, quritish xonalari va b.), xonadonlardagi boʻsh xonalardan vaqtincha foydalaniladi (q. Ipak qurti boqish).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x