LAMETRI

LAMETRI (Lamettrie), Jyulyen Ofre de (1709.23.12, Sen-Malo, Fransiya — 1751.11.11, Berlin) — fransuz faylasufi, vrach. Fransiyada va Gollandiyada oʻzining materialistik-ateistik qarashlari uchun taʼqib qilingan. Buyuk Fridrix davrida Berlinda Akademiya aʼzoligiga saylangan. «Inson — mashina» (1748) asarida inson organizmi soat mexanizmiga oʻxshash oʻzoʻzidan harakatlanadigan mashina deb hisoblagan. Insonni bunday tushunishni etika masalalariga ham tatbiq etdi va shundan kelib chiqib umuman barcha dinlarni nokerak deb isbotlamoqchi boʻldi. «Odam — oʻsimlik» asarida u materializmni faqat fiziologik nuqtayi nazardan tushunishini namoyon qildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x