QURILISH FIZIKASI

QURILISH FIZIKASIbino va inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq fizik jarayonlar va hodisalarni oʻrganish hamda ularga doir muhandislik hisoblash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi ilmiy fanlar (amaliy fizika boʻlimlari) majmui. Asosiy sohalari — qurilish akustikasi. kurilish yorugʻlik texnikasi, qurilish issiqlik texnikasi. Bular tovush yoki yorugʻlikning tarqalishi, issiqlikning koʻchishi qonuniyatlarini oʻrganish masalalari bilan shugʻullanadi. Ular ishlab chiqqan tavsiyalar binolar va inshootlarda odamning sezgi organlari uchun eng qulay va gigiyena nuqtayi nazaridan eng maqbul akustika, yorugʻlik va t-ra-namlik sharoitlarini yaratishda juda qoʻl keladi. Qurilish konstruksiyalari va qurilish materi-allarining chidamliligi nazariyasi, qurilish iqlimshunosligi va qurilish aerodinamikasi boʻlimlari ham Qf. ning muhim sohalari hisoblanadi. Bino va inshootlarning mustah-kamligi, bikirligi va turgʻunligi masalalari amaliy fizikaning muhim boʻlimi qurilish mexanikasit oʻrganiladi.

Qurilish iqlimshunosligida bino va inshootlar hamda ularning konstruksiyalariga tashqi iqlim sharoitlarining taʼsiri oʻrganiladi. Xonalardagi ichki iqlimning xususiyatlari ularning binoda qanday joylashganligiga va binoning aerodinamik koʻrsatkichlariga bogʻliq, chunki xonalarda t-ra va namlikning tarqalishi tabiiy havo almashinish sharoitlariga qarab har xil boʻladi. Qurilish obyektlarining aerodinamik shart-sharoitlarini oʻrganish sanoat va jamoat binolarini har taraflama qulay qurishga imkon beradi. Qurilish fizikasining taraqqiyoti bu boradagi i. t. ishlarida yangi usullar va vositalardan foydalanish bilan bogʻliq. Mas, qurilish materiallarining struktura-mexanik koʻrsatkichlari, ularning konstruksiyalaridagi namlik sharoiti va holatini oʻrganishda ultratovushlar, lazer nurlari, gamma-nurlar, radioaktiv izotoplardan foydalaniladi. Xona ichidagi havoni isitish va moʻtadillashda yarimoʻtkazgichlar texnikasini qoʻllash mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x