Eng tez qurilish.

Eng tez qurilish.

Xitoyning Chansha shahrida 19 kunda 57 qavatli osmono‘par bino qurib bitkazildi .Ushbu bino «Mini Sky City» deb nomlanib, BSB kompaniyasi tomonidan mutlaqo yangi uslubda loyihalashtirilgan. Bino 180 ming kvadrat metr hududni qamrab oladi, undan 800 ta kvartira va 4 ming kishiga mo‘ljallangan ofislar majmuasi o‘rin olgan.

BSB kompaniyasining ma’lum qilishicha, binoning bunday qisqa muddatda qurib bitkazilishi uning sifatiga mutlaqo ta’sir qilmaydi. U hatto 9 ballik zilzilaga ham bardoshli qilib qurilgan. Shu vaqtgacha BSB kompaniyasi bunyod etgan eng baland bino 2012 yili Xunan shahrida qurilgan 30 qavatli mehmonxona hisoblanadi. Uning qurilishi 15 kunda tugallangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x