QURAMA

QURAMA — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan etnik guruhlardan biri. Qurama soʻzi «aralashganlar» maʼnosini bildirgan. Qurama qabilaviy ittifoqi taxm. 17-a. da shakllangan. 19-a. oxiri —20-a. boshlarida oʻzbeklar tarkibiga kirgan quramaliklar Toshkent, namangan va Andijon viloyatlarida yashab kelganlar. Qurama liklarning urugʻchilik tizimiga urugʻ, toʻp va ata boʻlimlari kirgan. Qurama liklar tarkibida qad. va oʻrta asr turkiy qabilalarining quyidagi urugʻ vakillari boʻlgan: jaloyir, kerait, uyshun, qanjigʻali, oʻngut, yetti urugʻ, telov, moʻgʻul, qangʻli, olchin, chigʻatoy, doʻrmon, qalmoq, tama va b. Q. liklar, asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanib kelishgan. 1926-y. maʼlumotlariga qaraganda, Oʻzbekistonda 50 mingdan ortiq Quramalik roʻyxatga olingan.

Qurama liklarning ayrim guruxlari qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq va turkman xalqlari tarkibiga kirgan.

Ad.: Fayziyev T., Qurama, T., 1963.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x