KAMOLOVA Qamara Shodmonovna

KAMOLOVA Qamara Shodmonovna (1938.9.12, Buxoro) — rej., Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). Faoliyatini 1964-y. Toshkent telestudiyasida boshlagan. 1965-y. dan «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida kinorej. «Gʻaroyib sarguzasht», «Rahim va qoʻngʻiz», «Bulutni kim yasadi», «Qiz-bola va yulduzcha», «Velosipedcha qochib ketdi» kabi multfilmlarni ishlagan. Eng yaxshi badiiy filmlari: «Achchiq danak», «Oʻzganing baxti», «Ertaga chiqasanmi?», «Nabiramiz militsiyada ishlaydi», «Boʻlmagan narsa haqida», «Yovvoyi», «Atrof qor bilan qoplandi» va b. 1993-y. «Shod» studiyasini tashkil qilib, unga rahbarlik qilib keladi. «Achchiq danak» filmi Qohira kinofestivali (1978)ning «Kumush Nefertiti» sovrini, Fransiyaning Strasburg sh. da oʻtkazilgan kinofestival (1979) sovrini bilan taqdirlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x