QORJONTOV

QORJONTOV — Gʻarbiy Tyanshan togʻ sistemasidagi tizma. Asosan, Qozogʻiston Respublikasi Jan. Qozogʻiston viloyatida, faqat gʻarbiy qismining jan. yon bagʻri Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent viloyatiga kiradi. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa choʻzilgan. Oʻrtacha balandligi markaziy qismida 2000 m, jan.-gʻarbida 700—800 m. Eng baland joyi 2823 m (Mingbuloq choʻqqisi). Jan.-gʻarbda Qorjontov pasaya borib Qorachatov qiriga aylanadi. Bu yerda Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston chegarasida Qorjontovning eni 30—40 km. Qorjontov shim.-sharqiy yoʻnalishda 90 km davom etib, Ugom tizmasining oʻrta qismiga borib taqaladi. Tizmaning jan.-sharqiy yon bagʻri qisqa va tikroq, soylar bilan chuqur kesilgan. Shim. garbiy yon bagʻri Keles daryosining chap irmoqlari bilan kesilgan. Qorjontovning katta qismi paleozoy davri vulkan jinslari, qumtosh, slanes, konglomeratlardan tashkil topgan. Baʼzi qismlarida devon va toshkoʻmir davrlari ohaktoshlari va dolomitlar tarqalgan boʻlib, ularda karst relyef shakllari (karrlar, karst voronkalari, shaxtalar, gʻorlar) hosil boʻlgan. Qorjontovning yon bagʻirlari har xil oʻtlar bilan qoplangan. Yon bagʻirlarini kesib oʻtgan chuqur vodiylarda qoraqaragʻayzorlar, 1400—2000 m balandliklarda yongʻoqzormevazorlar uchraydi. Qorjontovdan shim.gʻarbda Juzumsoy, Qizilotasoy, Uyasoy, Qorjonsoy, Oqparak, Koʻkpaksoy va b., jan. va jan.-sha-rqqa Urgutsoy, Qizilsuv, Chilmay-ram, Oqtosh, Ozodbosh, Tovoqsoy va b. daryolar oqib tushadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x