QORAQARAGʻAY

QORAQARAGʻAY — qaragʻaydoshlarga mansub doim yashil igna-bargli daraxtlar turkumi. 36 turi maʼlum. Yevrosiyoda 27, Shim. Amerikada 9 turi tarqalgan. Oʻzbekistonda oddiy yokiyevrona Qoraqaragʻayi va Shrenk Qoraqaragʻayi turi oʻsadi. Oddiy yoki yevropa Q. ining boʻyi 15—20 (30 — 50)m, piramidasimon. Poʻstlogʻi qizgʻish-qoʻngʻir yoki kulrang. Ignabarglari 15—25 mm, zich joylashgan, oʻtkir uchli. kurtaklari tigʻsimon, smolasiz. Novdalari qattiq, 5—7 yil davomida saqlanib turadi. Atohida oʻsgan daraxtlar 10 — 15, oʻrmonlarda esa 25—30 yoshidan gullaydi. Shamol yordamida changlanadi. Qubbalari tuxu ms i mo n . Urugʻi okt.-noya-b. da pishib yetiladi. 250-800-y. gacha yashaydi, sovuqqa chidamli. Yogʻochi oq, yengil, qattiq. 80 — 120-y. dan keyin qirqib foydalanish mumkin. Yogʻochi qurilishda, sellyulozaqogʻoz sanoatida, mebel, musiqa asboblari, temir yoʻl shpallari tayyorlashda ishlatiladi. oʻtin sifatida foydalaniladi. ignabarglaridan efir moyi, S vitamini, poʻstlogʻidan oshlovchi moddalar olinadi. Koʻproq koʻkalamzorlashtirmsh va togʻ ihotasi uchun ekiladi. Urugʻidan va parxish qilib hamda qalamchalaridan koʻpaytiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x