QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI JOʻQORGʻI KENGESI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI JOʻQORGʻI KENGESIqoraqalpogʻiston Respublikasining oliy davlat hokimiyati organi, respublika parlamenti. 1995-y. 25 dek. da tashkil etilgan. Bungacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi deb atalgan. Respublika Joʻqorgʻi Kengesi hududiy saylov okruglaridan koʻppartiyalilik asosila 5 y. muddatga saylanaligan 86 deputatdan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining huquqiy maqomi Qoraqalpogʻiston Konstituniyasi (1993-y. 9 apr.) va «Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi toʻgʻrisida»gi qonun (1994-y. 24 seit. ; yangi tahrirda 1998-y. 28 yanv.)da belgilab berilgan. Qoraqatpogʻiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Joʻqorgʻi Kengesi ish olib borishi mumkin. Jamiyatning biron-bir qismi, siyo-siy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohila shaxs qoraqalpogʻiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.

Joʻqorgʻi Kengesning mutlaq vakolatlariga qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstituiiyasini qabul qilish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish; qonunlarni qabul qilish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. respublika Konstitutsiyasiga sharh berish; iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat strategik yoʻnalishlarini qabul qilish; shuningdek, respublikada davlat hokpmiyati organlarining rahbarlarini, oʻrinbosarlarini, mansabdor shaxslarni lavozimlarga tayinlash va ozod qilish hamda Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlar kiradi.

Joʻqorgʻi Kenges raisi Qoraqalpogʻiston Respublikayeining eng yuqori lavo-zimli shaxsi hisoblanadi. U Joʻqorgʻi Kenges tomonidan Joʻtfrgi Kenges deputatlari ichidan yashirin ovoz berish yu:sh bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining vakilligi muddatiga va qatorassha 2 muddatgacha saylanadi (Qoraqalpogiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 80-modda). Joʻqor-gʻi Kenges Prezidiumi Joʻqorgʻi Ken-ges faoliyatini tashkil etish va b. davlat vakolatlarini amalga oshirish uchun tuzilali, uning tarkibiga Joʻqorgʻi Kenges raisi, uning oʻrinbosarlari, Joʻqorgʻi Kenges qoʻmitalari va komissiyalarining raislari, Joʻqorgʻi Ken gesdagi partiya guruhlarining raislari kiradi. Hoz. kunda Joʻqorgʻi Kengesda 5 qoʻmita, 1 komissiya, 3 frakniya mavjud.

Joʻqorgʻi Kenges Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazir. tr Kengashi bilan birgalikda 1924-y. noyab. dan chiqadigan «Yerkin Qaraqalpaqstan». 1919-y. iyunidan chiqadigan «Vesti Karakalpakstana» hamda 1992-y. 25-iyuldan chiqa boshlagan «Amu tongi» gaz. larining hammuassisidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x