OTAMUROT

OTAMUROT (1999-y. gacha Karki) – Turkmanistonning Lebap viloyati Otamurod tumanidagi shahar (1925-y. dan). Tuman markazi. Amudaryoning chap sohilida. Oʻng sohilida pristan va Karkichi t. y. stansiyasi (KogonDushanba t. y. yoʻnalishi) joylashgan. Shahar TurkmanobodOtamurot t. y. ning oxirgi punkti. Otamurot shosse yoʻli orqali Turkmanobod va Amudaryo orqali Mari, Tajan sh. lari bilan bogʻlangan. Aholisi 30,8 ming kishi (1999).

Otamurot 10 a. dan maʼlum. 1917-y. gacha Buxoro amirligining Karki bekligi markazi, 1943-y. dek. dan 1947-y. yanv. gacha Turkmaniston SSR Karki viloyati markazi. Shaharda paxta tozalash, kurilish materiallari, sut-moy z-dlari, goʻsht va non k-tlari, gilam f-kasi, umumiy taʼlim va musiqa maktablari, ped. bilim yurti, madaniyat uyi, 5 ku-tubxona, tarixiyoʻlkashunoslik muzeyi, kasalxona, madaniy, maishiy va savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x