QORACHOʻRIN

QORACHOʻRIN — Gʻarbiy Turk xoqonligi hukmdorlaridan biri (576— 603). Istaminint oʻgli. Qorachoʻrin 576-y. Istami yabgʻu vafot etgach, uning oʻrnini egallaydi. Qorachoʻrin otasining ishini davom ettirib, asosiy eʼtiborni Gʻarbga, xususan, Sosoniylar Eroniga qaratadi.

Qorachoʻrin davrida Turk xoqonligi — sosoniylar siyosiy munosabatlarida xoqonlikning qoʻli baland kela boshlaydi.

6-a. ning oxirgi choragiga kelib xoqonlikning sharqiy qismida boshboshdoqlik avj ola boshlagan. Taspar xoqon vafot etgach (581), uning vorislari orasida taxt talashuvlari avj oladi. Sharqiy Turk xoqonligi hukmdori Ishbara xoqon davrida (581—587) undan norozi boʻlgan shahzodalar Xitoy sulolalari bilan til biriktira boshlaydilar. Bunga Qorachoʻrin ham tortiladi. Xitoydagi Suy sulolasi xoqonlikni parchalash niyatida «Oʻn oʻq» boshqaruvi yabgʻusi Qorachoʻringa elchi yuborib, uni yagona Turk xoqoni sifatida tan olishini bildi-radi. Natijada, markazi Yettisuv boʻlgan Shim. Qora dengiz boʻylari, Shim. Kavkaz, Volgaboʻyi, Amudaryo-Sirdaryo oraligʻi, Xuroson, Shim. Afgʻoniston, Sharqiy Turkiston hududlarini oʻz ichiga olgan Gʻarbiy Turk xoqonligi tashkil topadi.

Suy sulolasi Turk xoqonligining bir markazga birlashtirishga hara-kat qilgan Tuli (600—609) tarafini oladi, Toʻnga Turon oʻldiriladi (600), fursatdan foydalangan Qorachoʻrin markaziy hokimiyatni egallaydi. Endi Suy sulolasi Tulini Qorachoʻringa qarshi qoʻya boshlaydi. 601—603-y. lar orasida Xitoyning shim. viloyatlariga bir necha safar uyushtirib Tulini bartaraf etishga harakat qilgan Qorachoʻrin muvaffaqiyatsizlikka uchrab, zaiflashadi. Buning ustiga tele qabilalarining isyoni hokimiyatga qarshi katta zarba boʻladi. Qorachoʻrin hokimiyatni boy berib, 603-y. da Nanshan togʻlari atrofida yashovchi tuguxun (togon) lar huzuriga qochib, oʻsha yerda bedarak ketadi.

Gʻaybulla Boboyorov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x