INOQ

INOQ (qad. turkiy runiy bitiklarida «ishonch» maʼnosida qayd etilgan) — 1) Markaziy Osiyoda 11 —14-a. larda hukm surgan sulolalar saltanatida «maslahatchi», «vazir»ni anglatgan;

2) Buxoro xonligida hukmdorning ishonchli kishisi, mansabdor. 17—18-a. larda xonlikda ulugʻ Inoq va kichik Inoq boʻlgan. Ulugʻ Inoq darajasiga koʻra, koʻkaltosh va ulugʻ qushbegi (qushbegi-i kalon) dan soʻng turgan. Ulugʻ Inoq, asosan, hukmdor farmonlarini kichik mansabdagi amaldorlarga yetkazish va amir qabuliga muyassar boʻlganlarni kiritish bilan shugʻullangan. Kichik Inoq ham xonning ishonchli kishisi boʻlib, baʼzan saroydan otga mingan holda chiqish huquqiga ega boʻlgan. Oʻz lavozimiga koʻra, ulugʻ mehtar, devoni sarkor va dasturxonchidan yuqori turgan. Kichik Inoqqa hukmdorning muhrlari solingan qutichani ehtiyot qilish topshirilgan. Kichik Inoq, shuningdek, amir nomiga tushgan ari-za va shikoyatlarni qabul qilgan; elchilarni qabul qilish paytida ular keltirgan xatlarni ochib, amirning shaxsiy kotibi (munshiy) ga taqsim etgan;

3) Xiva xonligidagi yuqori maʼ-muriy mansab; xondan keyingi 2 rutba sanalgan va bu lavozimga xonning birodarlaridan biri tayinlangan. Xo-razm oʻzbeklar toʻpasi boshligʻi. Abulgʻoziy Bahodirxon tantanali marosimlarda oʻtirish uchun Inoq larga 4 joy aj-ratgan. Bu imtiyoz 1873-y. gacha davom etgan. Inoq lardan biri xonning chap tomonida, amir ul-umarodan keyin oʻtirgan va ulugʻ Inoq deb atalgan. Yangi xon koʻtarish vaqtida Inoqlar oq namatning toʻrt burchidan ushlab, boʻlajak xonni 3-marta osmonga irgʻitganlar, bu Inoq larning asosiy va faxriy burchi edi. Inoq larning siyosiy mavqei nihoyatda baland boʻlib, 18-a. oxirida hatto xonlikni ham idora qilganlar. Inoq huzurida qushbegi, mehtar (moliya ishlari boshligʻi) va otaliq (qoʻshinlar qoʻmondoni)dan iborat kengash boʻlgan hamda amaliy tadbirlar ishlab chiqishga yordamlashgan. Inoqlar Xiva taxtiga Chingizxon avlodlarini oʻtkazganlar, bi-ʻ roq ularning aksari qozoqlar va shuningdek, qoʻshni davlatlardan kelgan kishilar boʻlib hech qaysi toʻpaga mansub emasdilar. Shuning uchun Inoqlar oʻzlarini boshda vaqtincha, soʻng doimiy xon deb eʼlon qilardilar. Yangi sulola asoschisi Muhammad Amin inoq qoʻngʻirot urugʻidan edi. Qoʻngʻirot urugʻi qiyot urugʻi bilan birga ikkinchi oʻzbek toʻpasining boshida turar edi.

Hamidulla Dadaboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x