Qora sedana foydali va zararli tomonlari

Qora sedana

Butun dunyoga taniqli va ko’pchilik tomonidan xush ko’riladigan ziravor qora sedana, faqat taomlarga yoqimli qo’shimcha emas, balki ko’plab dardlardan xalos qiladigan dori ham bo’lishi mumkin. Uni ko’plab nomlar bilan atashadi – rim kaliandri, nigella, sedana, kaindji va h.k. Uning urug’lari yoqimli achchiqroq ta’mga ega, shuning uchun ko’plab ovqatlarga qo’shiladi.

Bu ziravor ayniqsa Osiyo va Yaqin Sharqda yuqori qadrlanadi. Aynan shu mintaqa odamlari ilk bor uni dori vositasi sifatida qo’llay boshlashgan. Aytishlaricha Muhammad payg’ambar (S.A.V) qora sedana haqida ko’p kasalliklarga davo, faqat o’lim oldida ojiz deganlar ekan. Misrliklar esa u bilan firavnlar qabrlarini bezatishgan.  Ushbu o’simlik nimasi bilan foydali, uning yordamida salomatlikni qanday mustahkamlasa bo’ladi?

Qora sedana – foydali xususiyatlari

Bu o’simlik urug’lari ko’plab shifobaxsh xususiyatlarga ega, organizmdagi turli-tuman biologik jarayonlarga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Qora urug’ quyidagi ta’sirlarni ko’rsatadi:

  • Immunitetni mustahkamlaydi.
  • Shamollash va yallig’lanishni oladi.
  • Ko’plab virus, bakteriyalar hamda zamburug’larni yo’qotadi.
  • Regeneratsiya jarayonini kuchaytiradi, yoshlikni uzaytiradi, erkin radikallardan organizmni himoya qiladi.
  • Fikrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, stresslardan xalos qiladi va ko’tarinki kayfiyat beradi.
  • Og’riq qoldirish va spazmolitik effektga ega.
  • Jigarni himoya qiladi, unga tiklanishga yordam beradi.
  • Ichak parazitlarini haydaydi.
  • O’t ajralishini rag’batlantiradi.
  • Ishchanlik qobiliyatini oshiradi.
  • Oshqozoning kislotaliligini kamaytiradi, hazm qilishni yaxshilaydi.
  • Qon bosimini gipertoniyaning ilk bosqichlarida samarali tushiradi.
  • Saraton hosilalarini o’sishini sekinlashtiradi, ularni paydo bo’lishini oldini oladi.
  • Sochlarni qayta tiklanishiga yordam beradi.
  • Ayollarda sutni ko’paytiradi.
  • Organizmdan toksinlarni chiqaradi.

Bunday keng qamrovli ta’siri uchun qora sedana ko’p kasalliklarni proflaktikasi va davolanishida qo’llaniladi. Urug’ jigar, ichak, o’t qopi va me’da kasalliklarida yordam beradi. Uning asosida tayyorlangan vositalar qorin dam bo’lishi, diareyada yordam beradi va ovqat hazm qilinishini yaxshilaydi.

O’simlikning foydali va zararli tomonlari olimlar tomonidan o’rganilgandan keyin, bugungi kunda farmasevtika va kosmetikada dori preparatlari va foydali mazlar ishlab chiqarish qo’llanilmoqda. Hozir, ayniqsa qora sedana yog’iga talab katta. Buni o’zingiz ham kosmetika do’konlarida kuzatishingiz mumkin.

Qora sedana – qo’llanilishi

Organizmning zararli ta’sirlarga qarshi turish qobiliyatini oshirish, sog’liqni mustahkamlash uchun sharq tabiblari tez-tez qora sedanani ist’emol qilib turishni maslahat berishadi.

Qon bosimini tushirish uchun. Ziravor urug’larini kukun holatiga keltiring, hosil bo’lgan unni bir stakan qaynagan suv yordamida aralashtiring. Ushbu vositani ertalab nonushtadan oldin iching.

Tish og’rig’ida. Kukun holatidagi urug’ni zaytun yog’i bilan pastasimon quyuq massa hosil bo’lguncha aralashtiring. So’ngra uni tishingizga surting.

Buyrak va o’t qopida toshlar bo’lsa. Har kuni maydalangan urug’larni va asalni aralashtirib iste’mol qiling.

Tomoq og’rig’ida. Bir qoshiq maydalangan sedana va bir stakan qaynatilgan suvdan tayyorlangan damlama bilan tomoqni chayish tavsiya etiladi.

Uyqusizlikda.  Bir stakan iliq sutda choy qoshiq asalni eritib, unga asalga teng miqdorda maydalangan urug’dan qo’shing. Hosil bo’lgan aralashmani kechki ovqatdan bir oz oldin iching.

Terining yuqori qavati kasalliklarida. Qora sedana yog’ini shikastlangan joylarga har kuni surting.

Shamollashda. O’simlikning maydalangan urug’larini o’rtacha kattalikda idishga solingda, sutini yopib 10 daqiqa qaynating. Keyin qopqoqni ochib, boshni sochiq bilan yopib idishdan chiqayotgan bug’lardan 10 daqiqa nafas oling.

Qora sedana zararli tomonlari

Agar siz tavsiya etilgan dozadan oshmasangiz, qora sedana hech qanday zarar yetkazmaydi. Ko’p miqdorda bo’lsa ichak va oshqozonga nojo’ya ta’sir qilishi mumkin.

Bu o’simlikdan foydalanishda gipotoniyadan azob chekayotganlar ehtiyotkorlik bilan foydalanishi kerak. Undan butunlay homilador ayollar foydalanmasligi kerak, chunki u bachadon qisqarishiga sabab bo’lishi mumkin.

 

Maqolaga baho bering

[Total: 45 Average: 4.2]

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x