Bir moyakning kichikligi zararli emasmi?

Bir moyakning kichikligi zararli emasmi?

– Esimni taniganimdan beri moyaklarimdan biri kichkina. Uylanganman, 2 qizim bor, jinsiy aloqada kamchilik sezmayman. Bir moyakning kichikligi zararli emasmi?

– Moyaklar yorg‘oq ichida joylashgan kabutar tuxumidan yirikroq, oval shaklli juft a’zo bo‘lib, har bir moyak yetti qavat bilan o‘ralgan va urug‘ tizimchasiga osilgan tarzda turadi. Moyaklar ko‘z yoki quloq kabi a’zolardek juft hisoblansa-da, aksar kishilarda ularning kattaligi turlicha bo‘ladi.

Ya’ni bir moyakning kattaligi ikkinchi moyakdan katta bo‘lishi me’yoriy hol. Ba’zan chap moyakning quyiroqda osilib turishi ham urug‘ tizimchasining o‘ngidan biroz uzunroq ekanligidan dalolat va bu ham me’yoriy holat. Har bir organizmning o‘z individual me’yori bo‘ladi.

@andrology_uz 🚑

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x