QODIROVA Mahbuba Shamsiyevna

QODIROVA Mahbuba Shamsiyevna (1919.25.5, Toshkent) — adabiyotshunos va matnshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), filol. fanlari d-ri (1975). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1936). Oʻzbekiston FA Til va Adabiyot in-tida stenografistka (1934—36), katta ilmiy xodim (1956— 61), Alisher navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida katta (1967—91), yetakchi ilmiy xodim (1992-y. dan). Mumtoz oʻzbek shoiralari — Zebunniso, Uvaysiy, Nodira, Dilshod Barno, Muslihabegim Miskin, Saodat Mushtariy, Anbar Otin kabi ijodkorlarning hayoti va ijodiy merosini keng koʻlamda oʻrganib, ilmiy risolalar, monografiyalar yozgan va ularning sheʼriy toʻplamlarini nashr qildirgan. «19-asr oʻzbek shoiralari ijodida inson va xalq taqdiri» asarida (1977) shu davr adabiyoti va, xususan, shoiralari haqida qimmatli maʼlumotlar berilgan.

As: Nodira hayoti va ijodi, T., 1965; nadira, T.. 1967, 1990; Dilshod, T., 1971; Zebunniso, T., 1982; Shoira Anbar, T„ 1991: Shoira Muazzamxon, T., 1992; Sheʼriyat va muhabbat malikasi, T., 1998.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x